
2018 yilning 22 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ergash Shoismatov Toshkentdan Dushanbega yetib bordi.
Turli yillarda “O‘zbekenergo” kompaniyasi raisi (2001−2006 yillar), bosh vazir o‘rinbosari (2006−2010 yillar) — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari bo‘yicha majmuasi rahbari bo‘lgan Shoismatov 2017 yil avgustidan buyon Energetika xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
U Tojikistondagi missiyasini yakunlagan, 14 yildan buyon shu vazifada faoliyat ko‘rsatgan Shoqosim Shoislomov o‘rniga O‘zbekistonning yangi elchisi bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar