14:02 / 05.03.2018
5 244

O‘zbekistonga eng kerakli bo‘lgan xalqaro bitim kuchga kirdi

O‘zbekistonga eng kerakli bo‘lgan xalqaro bitim kuchga kirdi
O‘zbekiston ushbu bitim tufayli bevosita Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni mustahkamlaydi.
Joriy yilning 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa investitsiya banki o‘rtasidagi 2017 yil 13 oktabr kuni AQSHning Vashington shahrida imzolangan YEIBning O‘zbekiston hududida faoliyatiga oid Hadli bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga tayanib Qalampir nashri ma’lumot bermoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Hadli bitim YEIBning O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini amalga oshirish uchun huquqiy asoslarni vujudga keltiradi.

Ushbu hujjat O‘zbekistonda yirik ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish uchun YEIBning moliyaviy vositalaridan foydalanish imkonini beradi va O‘zbekiston hamda Yovropa Ittifoqi o‘rtasidagi moliyaviy hamda texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga eng kerakli bo‘lgan xalqaro bitim kuchga kirdi