Huquq, moliya, sanoat, fan, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy munosabatlar va davlat boshqaruvi sohalarida mutaxassis hisoblangan o‘zbekistonlik ekspertlar ishtirok etuvchi Buyuk Kelajak ekspertlari kengashini shakllantirish ishlari boshlandi. Bu haqda kengash saytida xabar qilindi deb yozadi Gazeta.
Buyuk Kelajak kengashining asosiy vazifasi -O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli modelini ishlab chiqish va mamlakat rahbariyati uchun takliflar tayyorlashdan iborat. Model xalqaro tajriba va mamlakatdan chiqqan mutaxassislarning shaxsiy tajribalari asosida O‘zbekiston bozori obyektiv tahlil qilingan holda ishlab chiqiladi.
Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya va Yaqin Sharqda yashayotgan 32 nafar o‘zbekistonlik ekspertlar kengashining ilk a’zolari bo‘lishdi. Jumladan:
Alisher Kalonov — Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi raisi, Investitsiya divizioni rahbarining o‘rinbosari — «ROSNANO"da Istiqbolli loyihalarni rivojlantirish bo‘limi rahbari, Moskva.
Sherzod Yusupov — “Bank Vostochniy” va “Modulbank” mulkdori va direktorlar kengashining a’zosi, Rossiya.
Sobir Shodiyev — Eurasian Resources Group (ERG) kompaniyalari xalqaro guruhining Nazorat kengashi raisi maslahatchisi, Ostona.
Baxrom Ismoilov — Buyuk Kelajak ekspertlari kengashining ijrochi direktori. RF Huquqni himoya qilish idoralari va maxsus xizmatlari xodimlari Assotsiatsiyasining sud-huquq masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari. RF Davlat Dumasi Xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish Qo‘mitasining ekspertlari kengashi a’zosi
Dilbar Fayziyeva — Birinchi kanaldagi “Dobroye utro (Xayrli tong)” dasturi boshlovchisi, Moskva.
Shavkat Qodirov — Tibbiyot fanlari nomzodi, neyrojarroh, akademik N.N.Burdenko nomidagi Milliy neyrojarrohlik tibbiy-tadqiqot markazida bolalar jarrohi, Moskva.
Aleksandra Begayeva— “Begayeva i Partneri (Begayeva va Hamkorlar)” asoschisi va boshqaruvchi hamkor, yuridik fanlar nomzodi, professor, doktorant, O.Ye.Kutafin nomidagi MDYA tadbirkorlik huquqi o‘qituvchisi, Moskva.
Ilxom Ismoilov — plov.com asoschisi, har yili o‘tkaziladigan “Yosh milliarder maktabi 2016” Forbes startaplari tanlovi g‘olibi.
Yaroslav Podsevatkin— “ATON” Investitsiya kompaniyasi treydingi rahbari, hamkori, Moskva.
Oybek Shayxov — Strategik biznes boshqaruvi va muzokaralar olib borish sohasida mustaqil ekspert. Neft-gaz tarmog‘ida 12 yildan ziyod muvaffaqiyatli ish tajribasiga ega, Bryussel.
Timur Jumaniyozov — Moneymatika.ru moliyaviy supermarketi asoschisi va marketing bo‘yicha direktor, Moskva va boshqalar ushbu kengash a’zosi hisoblanadi.
Buyuk Kelajak ekspertlari kengashini shakllantirish jarayoni davom etmoqda. Bahorda ekspertlar kengashi tomonidan birinchi forum tashkil etiladi. Unga xalqaro konsalting kompaniyalari ham taklif etilib, O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli modeli yo‘nalishlari ochiq muhokama qilinadi.
O‘zbekistonni rivojlantirishning uzoq muddatli modeli bo‘yicha Buyuk Kelajak ekspertlari kengashi tomonidan tayyorlangan takliflar ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Prezidentiga taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi