O‘zbekiston hukumati Hi-Tech City Xalqaro yuqori texnologiyali innovatsion markaz quriladigan maydonni belgilab berdi. Vazirlar Mahkamasining 5 martdagi qaroriga muvofiq, markaz Amir Temur, Kichik halqa yo‘li, Sandiqqo‘rg‘on va Iftixor ko‘chalari o‘rtasidagi hududda joylashadi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilayotgan mavze Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yaqinida joylashib, Xalqaro biznes markaz va “O‘zekspomarkaz” maydonini o‘z ichiga oladi.
Mart oyi davomida bo‘lg‘usi markaz joylashtiriladigan hududdagi buzilishi lozim bo‘lgan turar joylar va inshootlar bu yerda haqiqatdan ham yashayotgan oilalar ro‘yxati shakllantirilgan holda inventarizatsiyadan o‘tkaziladi. Ularga yangi yer uchastkalari ajratilishi lozim.
Avvalroq Hi-Tech City qurilishi uchun to‘rtta variant taklif etilgani xabar qilingan edi. Janubiy Koreyaning POSCO Daewoo kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 1,4 milliard dollarni tashkil etadi.
Ayni paytda O‘zbekiston poytaxtida qiymati 1 milliard dollarga teng Tashkent City Xalqaro ishbilarmonlik markazi ham qurilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi