O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekkani haqida xabar bergan edik.
Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va emblemasi namunalari ham tasdiqlangan edi. Bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog‘ining tavsifi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog‘i barqarorlik, matonat, sodiqlik, fidoiylik va mardlikni ifoda etuvchi to‘q ko‘k rangli to‘g‘ri burchakli mato ko‘rinishiga ega.
Bayroq markazida geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining emblemasi tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati bayrog‘ining uzunligi — 250 sm., eni — 125 sm.
* * *
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi – geraldik belgi tavsifi
Geraldik belgi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati emblemasi to‘q ko‘k rangli aylana tasmasi bo‘lgan kumush rang doiradan iborat.
Aylana tasmaning yuqori qismida oq rangli bosh harflar bilan lotin alifbosida: «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI», pastki qismida: «DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI» deb yozilgan. Ushbu yozuvlar hurlik ma’nosini anglatuvchi sakkiz qirrali ikkita yulduz bilan ajratilgan.
Doira markazida davlat va jamiyatni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish ramzini anglatuvchi, pastki qismi cho‘zilgan, yuqori burchaklari kesilgan uchburchak ko‘rinishiga ega qalqon tasvirlangan. Qalqon yuzasi kumush rangda. Qalqonning markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbidan qalqonning kambar hoshiyalariga qadar quyosh nurlarini ifodalovchi to‘g‘ri chiziqlar tortilgan.
Qalqonning kesilgan ikki yuqori va pastki burchaklarida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari muhofazasini anglatuvchi uchta xalqa tasvirlangan.
Qalqon ortida simmetriya o‘qi bo‘yicha tig‘i pastga yo‘naltirilgan qilich joylashgan. Qilich kuch, sha’n, adolat, jasorat va hushyorlikni anglatadi.
Qilich kumush rangda. Qilich dastagi yettita xalqadan iborat bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatining asosiy tamoyillarini anglatadi.
Qalqon va qilich ortida simmetrik ravishda ikki tomonga hilpirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining qalqon va qilich ortida joylashuvi konstitutsiyaviy tuzum, suverenitet, hududiy yaxlitlik va davlat manfaatlarining tashqi va ichki tahdidlardan himoyalanganligini anglatadi.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin