
O‘zbekistonda 2018 yil 1 apreldan boshlab amal qiladigan elektr energiyaning yangi narxlari tasdiqlandi. Bu haqda "O‘zbekenergo" AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, elektr energiyaning 1 kVt/s narxi — 114 so‘mdan 241 so‘mgacha bo‘ladi. Yangi tariflar 14 mart kuni Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
Eng kichik tarifi (114 so‘m 30 tiyin) bo‘yicha balandligi 10 qavatdan ko‘p bo‘lgan uylar va yotoqxonalarda istiqomat qiluvchi va elektr plitalardan foydalanadigan iste’molchilar to‘laydi.
Eng baland tarif (241 so‘m 50 tiyin) bo‘yicha alohida va yagona tariflar bo‘yicha to‘laydigan iste’molchilar hamda issiq suv ta’minoti, ovqat pishirish uchun elektr isitish jihozlardan foydalanadigan iste’molchilar to‘laydi.
Maishiy iste’molchilar esa — 228 so‘m 60 tiyin to‘laydilar.
Bu tariflar 1 kVt/s elektr energiya narxi uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini inobatga olgan holda hisoblangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar