09:53 / 26.03.2018
6 017

Shavkat Mirziyoyevning 26–27 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan konferensiya uchun kun tartibi

Shavkat Mirziyoyevning 26–27 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan konferensiya uchun kun tartibi
Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasi orqali 26–27 mart kunlari — Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi o‘tadigan pallada O‘zbekiston rahbari o‘tkazadigan uchrashuvlar va qatnashadigan tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Kelayotgan hafta muhim voqealarga boy bo‘ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 mart kuni AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qiladi, Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan uchrashadi.

Davlatimiz rahbari 27 mart kuni «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zlaydi. Ushbu konferensiyada ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li, Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Asifni qabul qiladi.

Komil Allamjonov, O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyevning 26–27 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan konferensiya uchun kun tartibi