O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish va tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi. Shu bilan birga "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarori ham e’lon qilindi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston jahonning 133ta davlati bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatgan bo‘lib, ayni paytda xorijiy davlatlarda 47ta diplomatik vakolatxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Hujjatga asosan vazirlik tarkibida Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasi tashkil etilmoqda. Vazirlikning Matbuot xizmati Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga aylantiriladi. Konsullik boshqarmasi esa Konsullik-huquqiy boshqarmasi sifatida qayta tuzilmoqda.
Vazirlik tarkibida yangi Chet ellik vatandoshlar bilan hamkorlik
aloqalari boshqarmasi ish boshlashi belgilandi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limida esa "Call-center" xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Tarkibiy o‘zgarishlar natijasida faoliyati samarasiz deb topilgan "Jahon" AA o‘rniga "Dunyo" axborot agentligi va media-markazi ish boshlaydi.
Bundan tashqari vazirlik tarkibida Tarjimonlar byurosi, Tahlil va prognozlashtirish markazi tuziladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda vazirlikning hududiy bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin