20:23 / 11.04.2018
3 670

O‘zbekistonda «Mashinalarsiz kun» joriy etiladimi?

O‘zbekistonda «Mashinalarsiz kun» joriy etiladimi?
O‘zbekiston Yevropada o‘tgan asrning 70 yillaridan beri xalqaro darajada o‘tkazib kelinadigan «Mashinalarsiz kun» ramziy aksiyasiga qo‘shilishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Sputnik.

Bu 2018—2022 yillarga mo‘ljallangan yo‘l harakati xavfsizligi konsepsiyasida ko‘zda tutilgan. Mashinalarsiz kun haftaning juma kuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu kunda aholi tomonidan avtotransport vositalardan foydalanish darajasini kamaytirish, sog‘lom turmush tarzi va velosipedda yurishni targ‘ib qilish, shuningdek ekologik muhitni asrashga yo‘naltirilgan maxsus aksiyalar o‘tkaziladi.

Aksiya jamiyatga avtomobillarning haddan ortiq ko‘payishi insoniyat va tabiyatga zarar keltirishi haqida eslatish, shuningdek ushbu transport vositasining zararsiz muqobillari borligini ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, mashinalarsiz kun ilk marta 1973 yilda Shveysariyada o‘tkazilgan. O‘shanda mamlakat hukumati yoqilg‘i taqchilligi tufayli aholini to‘rt kunga avtomobil haydamaslikka chorlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda «Mashinalarsiz kun» joriy etiladimi?