06:30 / 17.04.2018
5 395

Shavkat Mirziyoyev: “Biz 20 yil orqada qolib ketdik. Hamma soha bo‘yicha” (video)

Shavkat Mirziyoyev: “Biz 20 yil orqada qolib ketdik. Hamma soha bo‘yicha” (video)
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning xorijdagi nufuzi qo‘shni davlatlar bilan munosabatga ham bog‘liq ekanini bildirdi. 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida viloyat faollari ishtirokida tashkillashtirilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari O‘zbekistonning hozirgi holatini baholab o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev quyidagilarni ta’kidladi:

“Bugun ham mana shu selektorda o‘tirganlar, men bilaman kimdir sizlarni tayyorlagan bo‘lishi mumkin. Tayyorlamanglar hech kimni. Qanday og‘ir savol bo‘lsa ham, savolni eshitishga kelganman. Vaziyatni yaxshi qilishga kelganman. Balandparvoz gap, qarsakka, maqtashga kelganim yo‘q. Biz maqtayverdik, qarsak chalaverdik, balanparvoz gap gapiraverdik, 20 yil orqada qolib ketdik. Hamma soha bo‘yicha”.

Yig‘ilishda, shuningdek, e’tibor ko‘zbo‘yamachilikka emas, natitijaga qaratilishi, bunday davrlar o‘tib bo‘lgani ta’kidlandi. Shu bois Prezident o‘tayotgan vaqtni boy bermay dadil qadamlar bilan taraqqiyotga qadam qo‘yishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev: “Biz 20 yil orqada qolib ketdik. Hamma soha bo‘yicha” (video)