13:43 / 23.04.2018
5 045

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi (video)

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi (video)
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.

Bu yerda mehmonni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi, qo‘shni davlat rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Kutib olish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari o‘rtasida tor doirada muzokara boshlandi.

Oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralarda ko‘p qirrali O‘zbekiston – Turkmaniston munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash masalalari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport- kommunikatsiya, ta’lim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi (video)