14:00 / 30.04.2018
4 615

Prezidentlarning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi (video)

Prezidentlarning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi (video)
Foto: «President.uz»
Bugun, 30 aprel kuni Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmon — Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.



Davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga o‘tgan yilgi davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy ishonchni mustahkamlab, barcha sohalardagi aloqalarga keng yo‘l ochgan edi. O‘zbekiston va Turkiya xalqi bu galgi muzokaralardan ham katta natijalar kutmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezidentlarning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi (video)