O‘zbekistonni kelgusi ikki yil ichida «katta o‘zgarishlar» kutmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentda nihoyasiga yetgan o‘zbek-nemis biznes forumida ma’lum qildi.
«Hukumat O‘zbekistonda ochiq iqtisodiyotni shakllantirishga qat’iylik bilan harakat qilmoqda. Ishonchim komilki, kelgusi ikki yil mobaynida mamlakatimizdagi katta o‘zgarishlarga guvoh bo‘lasiz», - deya ma’lum qildi Aripov.
Shu kunlarda O‘zbekistonga Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng ko‘p sonli delegatsiyasi tashrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor. Bugun Toshkentda Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining 4-yig‘ilishi ham yakunlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aripov O‘zbekiston - Germaniya savdo palatasini tashkil etish taklifi bilan chiqqani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi