09:03 / 25.05.2018
4 244

Mualliflik huquqini buzganlik uchun jarima solish taklif qilinmoqda

Mualliflik huquqini buzganlik uchun jarima solish taklif qilinmoqda
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi moddalar kiritilishi mumkin, deb xabar bermoqda «Norma».

Tegishli qonun loyihasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ishlab chiqildi.

MJTKning 177-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikni kengaytirish, buning uchun tovar kelib chiqqan joy nomi va boshqa firma nomidan foydalanishni buzganlik uchun jarima kiritilishi taklif etilmoqda. Amaldagi jarimalarni oshirish, takror sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun qat’iy choralarni joriy etish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, tuzatishlar bilan mualliflik va turdosh huquqlarni, shuningdek ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari huquqlarini buzganlik uchun EKIHning 1 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda bo‘lgan jarimalar joriy etish nazarda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mualliflik huquqini buzganlik uchun jarima solish taklif qilinmoqda