O‘zbekistonda 28 may, dushanbadan boshlab havo harorati o‘rtacha 10 darajaga pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya hizmati markazi ma’lum qildi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 27 mayda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 13-18 darajadan 5-10 darajagacha, kunduzi 20-25 darajadan 25-30 darajaga o‘zgarib turadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 28 mayda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27—28 mayda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 27 mayda kechasi 15-20, 28—30 mayda 10-15, 27 mayda kunduzi 33-38, 28 mayda 20-25, 29—30 mayda 25-30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 28 mayda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27—28 mayda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 27 mayda kechasi 15-20, kunduzi 32-37, 28 mayda kechasi 10-15, kunduzi 20-25, 29—30 mayda kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 28 mayda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 mayda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 27 mayda kechasi 18-23, 28—30 mayda 13-18, kunduzi 33-38, 27 mayda kunduzi 33-38, 28 mayda 23-28, 29—30 mayda 28-33 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 28 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 28 mayda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27—28 mayda kechasi 13-18, 29—30 mayda 8-13, 27 mayda kunduzi 29-34, 28 mayda 18-23, 29—30 mayda 22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi. 27—28 mayda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 29—30 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 28 mayda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 27—28 mayda kechasi 12-17, 29 mayda 3-8 iliq, 27 mayda kunduzi 22-27, 28 mayda 10-15, 29—30 mayda 15-20 daraja bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi