
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Qonun seshanba kuni “Narodnoye slovo” gazetasida e’lon qilindi.
Ekstraditsiya to‘g‘risidagi bitim Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga qilgan tashrifi chog‘ida, 30 aprel kuni imzolangan edi.
Ushbu hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 26 iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 28 iyunda ma’qullangan.
Qonun muhokamasi chog‘ida ushbu kelishuv jinoyat sodir etilgani uchun jazoning muqarrarligi prinsipini ta’minlash uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi va ikki mamlakat o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikning samaradorligini oshirishga yordam berishi qayd etilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing