date
views 4 664

Ozarlarning ikki mashhur shoiri – O‘zbekistonda!

Ozarlarning ikki mashhur shoiri – O‘zbekistonda!
Joriy yil 7 iyul kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ozarbayjon xalqining taniqli ikki shoiri – Ajdar O‘l (Əjdər Ol) va Salim Bobullo o‘g‘li bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda saytimizga Milliy kutubxona bosh mutaxassisi Javlon Jovliyev xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Jabiyev Ajdar Fayzulla o‘g‘li (Əjdər Ol) 1958 yilda tug‘ilgan. 1979 yilda Ganja davlat pedagogika institutini tamomlagan. Maktabda o‘qituvchi, “Ishiq” (Hyp) nashriyotida musahhih, kichik muharrir, “Shur” nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozirgi vaqtda moliya vazirligi matbuot xizmati boshlig‘i. She’r, hikoya, pyesa, badia janrlarida ijod qiladi. Yigirmadan ziyod kitob muallifi. Asarlari Turkiyada, Eronda, Polshada nashr etilgan.

Salim Bobullo o‘g‘li esa hozirgi Ozarbayjon modern she’riyatining yorqin vakillaridan biri, shoir, essenavis. U 1972 yilda tug‘ilgan. Ko‘plab she’r va hikoyalar muallifi. Turk, rus, o‘zbek, ingliz, gurji shoirlarining asarlarini tarjima qilgan. Bir qancha xalqaro va milliy mukofotlar sovrindori. “Dunyo adabiyoti” jurnalining Bosh muharriri, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining a’zosi.

Uchrashuvda shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, shuningdek san’atkor hamda talaba yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, tadbir shu kuni soat 15:00 da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ozarlarning ikki mashhur shoiri – O‘zbekistonda!