O‘zbekistonda gamburger eyish bo‘yicha ilk musobaqa bo‘lib o‘tadi

28 dekabrda Toshkentda gamburger eyish bo‘yicha “Eplay olaman” deb nomlangan musobaqa bo‘lib o‘tadi. 6.600.000 so‘mlik sovrin jamg‘armasiga ega bo‘lgan musobaqa “Les Ailes” va “Heinz” hamkorligida o‘tkaziladi.
Tashkilotchilarning aytishicha, asosiy musobaqaga O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi 9 nafardan qiz va o‘g‘il bolalar chiqadi.
G‘oliblar 1.800.000 so‘mlik (har oy 150.000 so‘mdan) sertifikat olishadi. Final bosqichiga chiqqanlar 600.000 so‘mlik (100.000 so‘mdan 6 oy davomida) sertifikatga ega bo‘lishadi. Yarim finalda mag‘lubiyatga uchraganlar 50.000 ming so‘mlik (bir martalik) sertifikat egasiga aylanishadi.
Gamburger eyish bo‘yicha jahon rekordi amerikalik Joy Chesnatga tegishli. U 8 daqiqa ichida 103 dona gamburgerni eyishga ulgurgan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing