15:44 / 26.08.2018
4 659

Bosh vazir majlisbozlikka chek qoʻyish boʻyicha topshiriq berdi

Bosh vazir majlisbozlikka chek qoʻyish boʻyicha topshiriq berdi
Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov davlat organlari va idoralar rahbarlariga, jumladan mahalliy hokimiyatlarga aniq ish reglamentini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

24 avgust kuni imzolangan shoshilinch topshiriqqa binoan quyidagilar belgilangan:

Majlisbozlik boʻyicha

– yigʻilishlarni keskin kamaytirish va grafik-reja asosida haftasiga 2-3tadan koʻp oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik;

– yigʻilish oʻtkazish vaqtini respublika darajasida 2 soatdan, viloyat, shahar va tumanlar darajasida 1-1,5 soatdan oshirmaslik;

– kunning noqulay paytlarida (yaʼni tong saharlab yoki yarim kechada) yigʻilishlar oʻtkazishni qatʼiyan cheklash hamda yigʻilishga bevosita aloqasi boʻlmagan korxonalar, idoralar va jamoat tashkilotlarining rahbar va xodimlarini, fermer va tadbirkorlarni umuman taklif etmaslik;

– olis hududdagi rahbar va xodimlarni mahalliy hokimliklarda oʻtkaziladigan majlislarga asossiz va behuda chaqirmaslik, shuningdek, soʻzga chiquvchilar uchun aniq vaqt reglamenti 5-7 daqiqadan oshmasligini nazorat qilish zarurligini belgilash;

– yigʻilishlarga puxta tayyorgarlik koʻrish, respublika va viloyat darajasida oʻtkaziladigan yigʻilishlarni aksariyat hollarda video- va audioselektor koʻrinishida oʻtkazish, tuman (shahar) darajasidagi yigʻilishlarni esa asosan joylarga chiqqan holda, korxona va tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va mahallalarda oʻtkazishni tashkil etish topshirigʻi berildi.

Xizmat safarlari boʻyicha

Respublika markaziy idoralaridan turli komissiyalar va ishchi guruhlarning hududlarga yuborilishiga ruxsat faqatgina Hukumat (kompleks) rahbari tomonidan tizim asosida amalga oshirilishi joriy etiladi va xizmat safarlarining natijadorligi alohida nazoratga olinadi.

Ortiqcha qogʻozbozlik boʻyicha

Ortiqcha qogʻozbozlikka keskin chek qoʻyish, shu jumladan quyi idoralardan va mahalliy hokimliklardan hech kimga keragi boʻlmagan maʼlumotlar va hisobotlarni talab qilish amaliyotiga qatʼiyan barham beriladi.

Selektorlar boʻyicha

Vazirlar Mahkamasida selektor yigʻilishlari faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ruxsati bilan tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bosh vazir majlisbozlikka chek qoʻyish boʻyicha topshiriq berdi