27 avgust kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilish yakunlariga koʻra, Prezident devoni tuzilmasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berishi maʼlum boʻldi.
“Kun.uz” manbasi maʼlumot berishicha, Prezident devoni Prezident maʼmuriyati etib qayta tashkil etiladi va shu vaqtgacha Prezident ijroiya apparati rahbari-maslahatchi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Zaynilobiddin Shahobiddinovich Nizomiddinov maʼmuriyat rahbari boʻladi.
Endilikda davlat maslahatchisi instituti tugatilgan, davlat maslahatchilari Prezident maslahatchilariga aylangan.
Sobiq davlat maslahatchilaridan Qahramon Quronboyev va Xayriddin Sultonov lavozimdan olinib, boshqa ishga oʻtkazilgan.
Quronboyev prezident devonida Fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha sektor rahbari Abdujabbor Abduvohidovga oʻrinbosar boʻlgan.
Xayriddin Sultonov boshqargan xizmatini ayni paytda Abdujabbor Abduvohidov boshqarib turadi.
Sultonov spichrayter sifatida Prezident maʼruzalarini tayyorlashda davom etadi.
Ishlar boshqarmasi ham tugatilib, uning oʻrniga yangi boshqarma tuzilgan. Prezident maʼmuriyati faoliyatini maʼmuriyat rahbari muvofiqlashtirib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi