Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Davlat rahbarining samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻngan.
Aleksandr Lukashenkoni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib olgan.
Toshkentda 13 sentyabr kuni davlat rahbari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi. Muzokaralar tor shaklda va delegatsiyalar aʼzolari ishtirokidagi kengaytirilgan shaklda boʻlib oʻtadi. Kutilishicha, tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va Oʻzbekistonda talabgir boʻlgan texnika ishlab chiqarish boʻyicha yigʻish korxonalarini tashkil etish masalalarini muhokama qiladi.
Muzokaralarda sanoat, qishloq xoʻjaligi, gumanitar soha, turizmga oid qator yoʻnalishlardagi hamkorlikni mustahkamlashga eʼtibor qaratiladi. Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishning samarali vositasi ekani haqida soʻz yuritiladi.
Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Davlat rahbarlari “Amkodor-Agrotexmash” Belarus-Oʻzbekiston korxonasi va Made in Belarus Belarus ishlab chiqaruvchilarining koʻrgazmasiga tashrif buyurishi ham nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"