Foto: «Taraqqiyot strategiyasi» markazi
«Taraqqiyot strategiyasi» markazi joriy yilda amalga oshirilgan islohotlar yakunlarining tahlili hamda 2019 yil uchun asosiy yo‘nalishlarni belgilab olish maqsadida fuqarolar o‘rtasida jamoatchilik fikri so‘rovi tashkil etdi. Barcha xohlovchilar 2019.strategy.uz sayti orqali o‘z fikrlarini bildirishlari mumkin.
So‘rovnomada xorijda istiqomat qiluvchi o‘zbekistonliklar uchun ham qo‘shimcha band kiritilgan. Ulardan mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlar yuzasidan fikr va takliflarini bildirish so‘ralgan.
Yakunda fuqarolardan kelib tushgan barcha fikr va takliflar umumlashtirilib, kelgusi yil Davlat dasturi loyihasiga kiritish uchun Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiyaga taqdim etiladi.
So‘rovnoma 2018 yilning 5 noyabriga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi