O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqiladi. Bu 2018 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasida nazarda tutilgan.
Bunda O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etiladi, uning ish rejasi tasdiqlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi tayyorlanadi. Bunga qadar Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarining yangi tahriri qabul qilinishini inobatga olgan holda, amaldagi Jinoyat-ijroiya kodeksiga zarur o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib borilishi mumkin.
Tayyorlangan loyihani muhokamasi bo‘yicha ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va matbuot anjumanlari tashkil etiladi.
Bu boradagi ishlar uchun IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud mas’ul etib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda mahkumlarning yangi kiyimlari namunasi joriy etilishi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi