XXR raisi Si Jinping O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident janoblari!
Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 69 yilligi munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrigingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.
Joriy yil boshidan Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida ijobiy tendensiya davom etib, o‘zaro siyosiy ishonch muttasil mustahkamlanib bormoqda. «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini birgalikda ro‘yobga chiqarishda yangi muvaffaqiyatlarga erishildi, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va do‘stlik izchil mustahkamlanmoqda. Siz bilan Sindao shahrida ShHT sammiti doirasidagi uchrashuvimizni tez-tez eslayman, ushbu uchrashuvdan so‘ng ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha biz qabul qilgan yangi rejalar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda.
Men Xitoy – O‘zbekiston aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qarataman, o‘rtamizda shakllangan amaliy munosabatlar va shaxsiy do‘stlikni yuksak qadrlayman. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida bundan buyon ham Siz bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirishga umid qilaman.
Sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lidagi olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Si SZINPIN,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas