O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikromov boshchiligidagi harbiy delegatsiya 22-26 oktyabr kunlari Xitoyda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tashrif davomida Azizbek Ikromov Xitoy milliy mudofaa universiteti rahbariyati bilan uchrashib, ikki mamlakat oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib oldi. Bundan tashqari o‘zbekistonlik harbiylar Pekin shahridagi Harbiy havo kuchlari akademiyasi hamda Milliy mudofaa institutida ham bo‘ldilar.
Vazirlik xabarida so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston qurolli kuchlari akademiyasi bir qator mamlakatlarning oliy harbiy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ish olib borayotgani aytilgan. Xususan, oktyabr oyida Germaniya hamda Pokiston oliy harbiy bilim yurtlarining o‘qituvchilari O‘zbekiston qurolli kuchlari akademiyasida bo‘lib, hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
“O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi