22:30 / 29.10.2018
6 823

Bosh vazir: "Prezident Zoyir Mirzayevni kechirmaydi, boshqalarni ham"

Bosh vazir: "Prezident Zoyir Mirzayevni kechirmaydi, boshqalarni ham"
Oqqo‘rg‘on voqeasi bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosari Zoyir Mirzayevni kechirmaydi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov 29 oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektorda aytib o‘tgan.

"Jomboy tumani hokimi bo‘lgan, Samarqand shahar hokimi bo‘lgan, respublikadagi eng katta Samarqand viloyati hokimi bo‘lgan, Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri bo‘lib ishlagan odam (Zoyir Mirzayev nazarda tutilmoqda – tahr.). Shuncha davlat idoralarida ishlab kelgan odam shunday xatoga yo‘l qo‘ygani uchun ham yurtboshimiz kechirgani yo‘q. Boshqalar ham kechirilmaydi", – degan bosh vazir.

Aripovning ta’kidlashicha, majburiy mehnat ortidan ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari ishdan ketdi. Qator hokim, hokim o‘rinbosarlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi. Tasdiqlangan biron-bir holat e’tiborsiz qolgani yo‘q. Lekin Oqqo‘rg‘on voqeasi prezident olib borayotgan siyosat bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan eng qo‘pol xato, kamchilik bo‘lgan.

"Judayam og‘ir yig‘ilish, men uchun og‘ir yig‘ilish. Bu yig‘ilishimizda xalqaro mehnat tashkilotini vakillari qatnashyapti. Shu ishlarni boshlayotganimizda, ularni birgalikda hamkorlikka chaqirdik. Majburiy mehnatni O‘zbekistonda bartaraf qilish choralarini ko‘ramiz, dedik. Mana, ko‘ryapsizlar, biron-bir joyda majburiy mehnat bo‘yicha har xil xabarlar va xatlar keladi, internetda turli ma’lumotlar chiqadi. Biz bular bo‘yicha choralar ko‘rib, joylarga odam yuborib, komissiya bilan tekshirib, ko‘plab tuman hokimlarini ishdan oldik".

25 oktyabr kuni Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida bosh vazir o‘rinbosari g‘allani sug‘ormagani uchun tuman mutasaddilarini sovuq suvga tushirib, jazolagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bosh vazir: "Prezident Zoyir Mirzayevni kechirmaydi, boshqalarni ham"