Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bir qator o‘zgarishlar kiritiladi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshida tuzilgan Ishchi guruhi, shuningdek turli mutaxassislar, jamoatchilik fikri inobatga olinib hozir lotin yozuvidagi to‘rtta harf o‘zgaradigan bo‘ldi. Bular:
- Oʻ unli harfi qo‘shimcha belgilarsiz Ŏŏ ko‘rinishida, Gʻ harfi Ğğ ko‘rinishida yoziladigan bo‘ldi. Harflar birikmasi orqali tuzilgan Ch va Sh harflari mos ravishda Çç va Şş harflariga almashtiriladi.
- Shuningdek, ng tovushi ham alifboda saqlanib qoladigan bo‘ldi.
- Kirill alifbosidagi S harfini S ko‘rinishida yangi alifboga kiritish, shuningdek J harfining ikkita ko‘rinishida berish kabi takliflar qabul qilinmadi. Natijada yangi alifboga Ss harfi kiritilmadi va Jj harfi bitta bo‘lib qoladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 15 mayda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini keng joriy etish va yanada takomillashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasi” tasdiqlangan va reja bo‘yicha yil oxiriga qadar aniq taklif berilishi lozim edi.
Manba: «Xalq so‘zi» “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi