“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram-kanali.
Nizomga ko‘ra ushbu ko‘krak nishoni bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo‘shgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari hamda fuqarolar taqdirlanadilar.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Maslahat kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Qarorga muvofiq, ushbu ko‘krak nishoni 8 dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami arafasida topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi