4 698
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston Inson huquqlari sohasidagi tashkilotlar bilan muloqotni davom ettiradi
O‘zbekiston nodavlat inson huquqlari tashkilotlari bilan “konstruktiv muloqot”ni davom ettirishga va inson huquqlari sohasidagi xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikni kengaytirishga qat’iy qaror qilgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning Samarqandda boshlangan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi ishtirokchilariga murojaatida aytilgan.
“Bizning ustuvor vazifamiz – o‘zini namoyon etish, asosiy inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga har tomonlama xizmat qilishdir. Tinchlik, barqarorlik va farovonlik ham aynan shunga bog‘liq”, deyiladi murojaatda.
Prezident konferensiyada ilgari surilgan taklif va tashabbuslar, shuningdek, xulosalar inson huquqlari sohasidagi milliy dastur va strategiyalarni ishlab chiqishda hisobga olinishini ta’kidladi.
Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlanadi. Forum ishtirokchilari orasida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuro direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir, Rossiyada inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova, YeXHTning parlament assambleyasi raisi Georgiy Seretelilarning ham tashrifi kutilmoqda.
Forum yakunida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?