Beeline uyali aloqa operatori abonentlarni firibgarlik holatlaridan ogohlantirdi.
“Sizdan hushyor bo‘lishingizni va bunday voqealar haqida bizga xabar berishingizni so‘raymiz. Xususan:
- agar siz xalqaro qo‘ng‘iroqni qabul qilgan bo‘lsangiz, lekin kiruvchi qo‘ng‘iroqda Beyeline yoki boshqa operator raqami aniqlangan bo‘lsa, bizga xabar bering;
- Siz yutuq haqida SMS-xabar oldingiz va jo‘natuvchi sizdan har qanday xatti-harakatlarni bajarishingizni so‘ramoqda (xabar yuborish, qo‘ng‘iroq qilish va h.k.);
- Sizga noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq qilishdi, o‘zlarini operator deb tanishtirib, sizdan qo‘ng‘iroq qilishni yoki boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirishni so‘rashdi;
- Sizning raqamingizga, noma’lum xorijiy raqamdan qo‘ng‘iroqni qabul qildingiz (va kimligini bilmayapsiz);
- Sizdan ijtimoiy tarmoqlar akkaunti va har qanday pochta xizmatlari bo‘yicha blok holatidan ochish uchun sms yoki qo‘ng‘iroq qilishni talab qilishmoqda”, deyiladi murojaatda.
Ogohlantirilishicha, firibgarlik oqibatida hisobdan mablag‘ olib qo‘yilishi, shaxsiy ma’lumotlar tarqatilishi mumkin.
Kompaniya abonentlar bunday holatlarning oldini olish uchun yordam berishi mumkinligini, bu esa firibgarlarni aniqlashda, keyinchalik ular jiddiy javobgarlikka tortilishlarini bildirgan.
Kompaniya bunday voqea yuz bergan bo‘lsa, unda birinchi navbatda nima qilish kerakligi borasida yo‘riqnoma bergan.
“Shubhali manbalarga va shaxslarga ishonmang va mablag‘laringiz yechilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlarni amalga oshirmang;
- hech kimga parol va shaxsiy ma’lumotlarni bermang, hattoki qo‘ng‘iroq qiluvchi davlat organi xodimi, bank yoki boshqa muassasalar xodimi bo‘lsa ham;
- har qanday qulay tarzda, bizning qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga bog‘laning”, deyiladi yo‘riqnomada. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish"