3 479
Prezident: "Tergov harakatlarini o‘tkazishga inson omilining ta’sirini imkon qadar kamaytirish zarur"
“Hayot o‘zgardi, ammo Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari o‘zgarmadi“, dedi Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida.
Prezidentimiz o‘z murojaatida jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va liberallashtirish masalalariga to‘xtalar ekan, amaldagi Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslari qariyb 25 yil oldin qabul qilinganini eslatib o‘tdi. O‘tgan davrda hayot o‘zgargani, jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi, dunyoqarashi o‘zgargani nuqtai nazaridan bu kodekslar bugungi kun talablariga javob bermasligi qayd etildi.
“Shuning uchun jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim. Qonunchilikda har bir jinoyatning belgi va xususiyatlarini, jazo tayinlash mexanizmlarini aniq ko‘rsatish, tergov harakatlarini o‘tkazishga inson omilining ta’sirini imkon qadar kamaytirish zarur“ deya qayd etdi Prezidentimiz o‘z murojaatida.
Bu borada qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyaga 2019 yil 1 iyulga qadar Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarining yangi loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi