
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Xalqaro press-klubning navbatdagi yigʻilishida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Neʼmatovning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti Hindistonning Gujarat shtatiga boradi. Tashrif bir haftadan soʻng - taxminan 17-18 yanvar kunlari amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, Gujarat shtatida ishbilarmonlik sammiti va koʻrgazma tashkil etiladi. Koʻrgazma farmatsevtika mahsulotlari va yengil sanoat sohasiga bagʻishlangan boʻladi. Yigʻilishda maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston koʻrgazmasiga taxminan 4 mingga yaqin kishining tashrif buyurishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Hindistonda tashrif bilan boʻlgandi. Tashrif davomida Oʻzbekiston prezidenti Hindiston rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston prezidenti joriy yilning 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar