Samarqand viloyatida paxta yetishtirish sohasi 2019 yildan to‘liq klasterlarga beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi vaqtida aytib o‘tgan.
«Hududlarda ahvol qiyin. Vaziyatni yaxshilash uchun tumanlarga investitsiya kirishi kerak. Mahalliy byudjetda pul bo‘lishi kerak. Ishtixonda aholining yashash sharoitlari qachon yaxshilanadi? Tumanda katta-katta korxonalar ochilsa, mahalliy byudjetga pul tushsa. Shunda yo‘l ham tuzaladi, shifoxona ham, maktab ham bo‘ladi, svet ham bo‘ladi, ko‘mir ham bo‘ladi. Hammasi bo‘ladi. Lekin biz 27 yil mahalliy byudjetga bir tiyin pul bermay kelganmiz. Men ham Samarqandga hokim bo‘lganman, ko‘p harakat qilardik, qo‘shimcha ham ishlardik, lekin pul berilmasdi. Ishlagan ham bir darajada, ishlamagan ham bir darajada edi. Bunaqada, raqobat bo‘lmasa, rivojlanish bo‘larmidi?
Endi qonunni o‘zgartirdik. Respublika bo‘yicha 5,5 trln so‘m mahalliy byudjetlarga qoladigan bo‘ldi. Pul bo‘lsa, rivojlanish bo‘ladi.
Hali bu birinchi qadam. Odamlarda hali muammo juda ko‘p. Uylar qurilishi kerak, yo‘llar talab darajasida emas. Maktablarda parta yo‘q, odamlarning tomidan suv o‘tib yotibdi, svet yo‘q. Bularga ko‘z yumib bo‘lmaydi.
3-4 yil shu tarzda ishlashimiz kerak. Tumanlarga tashqaridan investitsiya olib kirib, ishchi o‘rinlari qilsak, shunda byudjetga pul tushadi. Paxta qilaman, g‘alla qilaman deb o‘tirsak bo‘lmaydi.
Samarqand viloyatida paxtani 100 foiz klasterlarga topshiramiz. Paxta yetishtirish xususiy bo‘ladi. Paxta zavodiyam o‘ziniki bo‘ladi, yog‘ zavodiyam o‘ziniki bo‘ladi. Shunday qilmasak, iqtisodiyotni joyiga qo‘ya olmaymiz.
Men qancha vaqt hokim bo‘lgan bo‘sam, faqat paxta bilan shug‘ullanganman. Faqat paxta. Endi hokimlar ijtimoiy soha bilan, aholining turmush darajasini yaxshilash bilan shug‘ullanadi», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida prezident Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida paxtachilikda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini tanqid qilgan 2019 yilda viloyatda paxta yetishtirishni 52 foiz maydonda klaster usuliga o‘tkazish, tayyor mahsulotlar eksportini ikki barobar oshirish vazifasini qo‘ygandi.
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarida esa paxta yetishtirish tugatilishi, bu tumanlarda qo‘shma korxonalar barpo etilishi ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi