“O‘zgidromet” mutaxassislaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 14 yanvarda yurtimizning shimoliy tumanlariga salqin va nam havo oqimi kirib keladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
15 yanvarda salqin va nam havo massalari mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Xususan, shimolda yog‘ingarchilik bo‘ladi.
16-17 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 yanvarda Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
18-19 yanvarda yurtimizga Turkmanistondan iliq havo oqimi kirib keladi, 18 yanvarda iliq harorat fonida yomg‘ir yog‘adi, 19 yanvarda esa Volga bo‘yi hududlaridan sovuq havo oqimi kirishi bilan ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shu kunlarda harorat kechalari 3-5 daraja iliqdan 0-2 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 6-8 daraja iliqdan 15-17 daraja iliqgacha o‘zgarib turadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"