Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.
Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:
- Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
- Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;
- Kapital bozorni rivojlantirish agentligi;
- Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi.
Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Savdo-sanoat palatasiga berildi.
Tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasining quyidagi funksiyalari:
- bo‘sh turgan ob’ektlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasi — Davlat soliq qo‘mitasi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga;
- bo‘sh turgan ob’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasi — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.
Farmonga muvofiq, davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.
- Davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining;
- Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish — Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining;
- Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish — Kapital bozorni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi