
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilda 36ta xorijiy safarni amalga oshirishi rejalashtirilgan. Bu haqda Xalqaro-Press klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev ma’lum qildi.
Jurnalistning aytishicha, davlat rahbari 20 yanvar kuni safarlarning ikkinchisi – Germaniyaga yo‘l oladi. Germaniya poytaxti Berlin shahrida Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashishi belgilangan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilni Hindiston safari bilan boshlagandi.
U 17 yanvar kuni Hindistonning Gujarat shtati Gandinagar shahri «Mahatma Mandir» ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilgan «Jo‘shqin Gujarat – 2019» IX xalqaro investitsiya sammitida ishtirok etib qaytdi.
Ayni paytda Shavkat Mirziyoyevni Belgiya, Shveysariya, Kanada, Yaponiya, Bolgariya, Belarus Respublikasida kutishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar