“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida tibbiyot telekanalini tashkil qilish haqida petitsiya paydo boʻldi.
Qayd etilishicha, respublikada aholi tibbiy madaniyatini oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida tibbiy telekanal tashkil qilish kerak. Hozirgi kunda aholining katta qismi umumiy tibbiy bilimlar, jumladan sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish, gigiyena-sanitariya qoidalariga amal qilish, kasalliklar profilaktikasi toʻgʻrisidagi yetarlicha tushuncha, bilim va malakaga ega emas.
“Shu maqsadda tibbiy telekanal tashkil qilinib, turfa mavzularda koʻrsatuvlar tayyorlansa, sogʻlom turmush tarzi keng targʻib qilinsa, oʻzining ijobiy samarasini berar edi. Aholi oʻrtasida keng tarqalgan kasalliklar haqida, ularning oldini olish choralari toʻgʻrisida doimiy tushunchalar berib borilishi xalqimiz sogʻligʻini saqlashga katta hissa qoʻshadi. Tibbiy telekanal faoliyatiga professional yondashilsa, u eng ommabop, sevimli va samarali telekanallardan biriga aylanadi”, - deb yozadi murojaat muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?