2 mart kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani “Bogʻdara” qishlogʻida oʻzbek-tojik xalqlarini bogʻlovchi yana bir oʻtkazish punkti — “Bobotogʻ” chegara bojxona punkti ishga tushdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, “Bobotogʻ” chegara-bojxona punktiga tutash hududda Tojikistonning “Hisor” chegara-bojxona postining ochilgani qoʻshni davlatning “Hisor” va “Roʻdakiy” tumanlarida istiqomat qiluvchi aholiga ham qulaylik taqdim etadi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi «Oʻzbekiston Respublikasi hamda Tojikiston Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash choralari toʻgʻrisida” PQ 3923-son qarori ijrosi doirasida “Bobotogʻ” chegara bojxona postini bunyod etish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Postda jismoniy shaxslar, tovar va transport vositalarining qisqa muddatda va samarali ravishda bojxona nazoratidan oʻtkazish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Bu borada 300 mln. soʻmlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Postga eltuvchi yoʻllarga asfalt yotqizilib, yoritqichlar oʻrnatildi, yon-atrof koʻkalamzorlashtirildi», — deyiladi DBQ axborotida.
Shuningdek,bu yerda chegarachilar, oʻsimliklar karantini, sanitariya epidemiologiya, veterinariya nazorati mutaxassislari, sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish uchun sharoitlar tashkil etilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning 1 martidan boshlab, mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro vizasiz tartib joriy etilgandi. Shundan soʻng, davlat chegarasidagi 9 ta oʻtish punktlarining faoliyati qayta tiklandi. Chegaradosh hududlar oʻrtasida muntazam almashinuvlar yoʻlga qoʻyilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi