13 martdan 14 martga oʻtar kechasi soat 02:33 da Toshkentda toʻsatdan, kuchli va tez roʻy bergan 4 ballik zilzila chogʻida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga ikkita samolyot qoʻnishga kelayotgan edi.
Ularning birinchisi — FZ1941 reys bilan Dubay – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha uchayotgan “Fly Dubai” aviakompaniyasining Boeing 737-8KN samolyoti boʻlsa, ikkinchisi “Uzbekistan airways” milliy aviakompaniyasining HY514 reys bilan Seul – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha uchayotgan Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti edi.
“Novosti tashkentskogo neba” aviaspotterlar kanalining yozishicha, Toshkent xalqaro aeroportining Havo harakatlarini boshqarish dispetcherlari tomonidan har ikki samolyot zilziladan soʻng kutish zonasiga aylanib turish uchun yoʻnaltirilgan. Bu chora Toshkent xalqaro aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagiga kuchli zilzila natijasida samolyotlarning xavfsiz qoʻnish imkoniga toʻsqinlik qiluvchi talafot yetmaganiga ishonch hosil qilish uchun qoʻllanilgan.
Toshkent yaqinidagi osmonda bir necha daqiqa charx urib turgach, har ikki havo kemasi eson-omon Toshkent aeroportiga qoʻngan.
Eslatib oʻtamiz, yakshanba kuni Efiopiyada yuz bergan aviahalokatdan soʻng jahonning koʻplab aviakompaniyalari Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanishni vaqtincha cheklashdi. Jumladan, Oʻzbekistonga xuddi shu tipdagi samolyotlarda 11 mart kuni qatnovlarni boshlagan BAA loukosteri “Fly Dubay” ham mazkur samolyotlardan foydalanishni vaqtincha chekladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi