17:53 / 14.03.2019
7 142

Oʻzbekistonga Xitoydan 100 ta avtobus olib kelindi (foto)

Oʻzbekistonga Xitoydan 100 ta avtobus olib kelindi (foto)
Oʻzbekistonga Xitoy Xalq Respublikasidan 100 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Endi Oʻzbekistondan xorijiy davlatlarga zamonaviy avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi, deyiladi OʻzA xabarida.

Bu prezidentning 2018 yil 5 martdagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlardan biri hisoblanadi.

— Transport xizmatlari sifatini oshirish aholiga zamonaviy xizmat turlarini koʻrsatishni joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda, — deydi “Uzautotrans Service” maxsus kompaniyasi bosh direktori Saidrahim Ikromov.

— Jumladan, xorijiy davlatlarga vaqtinchalik ishlash uchun chiqib ketayotgan fuqarolarni manzillariga oʻz vaqtida xavfsiz yetkazib qoʻyishni tashkil etish maqsadida “Uzautotrans Service” maxsus kompaniyasi avtobusda tashuvlarni amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan milliy korxonasi tashkil etilgan edi. Mazkur korxona parkini zamonaviy avtobuslar bilan taʼminlash borasida Xitoy Xalq Respublikasining “Zhengzhou Yutong Bus Co. Ltd.” kompaniyasi bilan 2018 yilda imzolangan shartnomaga koʻra, 168 dona koʻp oʻrindiqli zamonaviy avtobuslarni sotib olish boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

“Uzautotrans Service” maxsus kompaniyasi ushbu yangi avtobuslarda samarali faoliyat koʻrsatishni tashkil etish maqsadida maxsus tanlov asosida 120 yaqin haydovchini saralab oldi. Ularning malakasi maxsus oʻquv dasturi asosida oshirilib, xorijiy davlatlar hududida harakatlanayotganda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar haqida toʻliq tushunchalar berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonga Xitoydan 100 ta avtobus olib kelindi (foto)