12:41 / 19.03.2019
6 420

Harbiy prokuratura qoʻmondon buyrugʻini bekor qildirdi

Harbiy prokuratura qoʻmondon buyrugʻini bekor qildirdi
Har qanday sohada baʼzan kichik bir voqea yoki tushunmovchilik sabab boʻlib bir inson taqdiri hal boʻlib ketishi, oʻz sevgan kasbidan bir umrga chetlatilishi ham mumkin. Bu holatdan harbiy soha ham mustasno emas. Farqi shundaki, harbiy xizmatchilar kamdan-kam holatlarda huquqlarini tiklash uchun murojaat qilishadi. Harbiy prokuratura ana shu holat boʻyicha yaqinda bir masalani oʻrganib oxiriga yetdi.

Kun.uz nashri xabar berishicha, harbiy xizmatchi B.B. oʻziga biriktirilgan harbiy mashinada ketayotganida mashinada nosozlik yuzaga keladi. Uni bartaraf etish uchun esa maʼlum manzilga borib, kerakli jihozlarni olish kerak boʻladi, mashina esa yurmaydi.

Harbiy xizmatchi noiloj, quroldoshi A.A.dan uning shaxsiy mashinasida ehtiyot qismlar olib kelishni iltimos qiladi, benzinni ham oʻzi topib berishini aytadi va yuk mashinadan benzin olib berayotganida harbiy komendant voqeaga guvoh boʻladi.

Oradan bir necha kun oʻtib ana shu voqea asos qilib olinib, ikki harbiy xizmatchining ham shartnomasi bekor qilinib, ular zaxiraga boʻshatiladi.

Yuqoridagi holat boʻyicha toʻliq surishtiruv oʻtkazilmagani, harbiy xizmatchilar harbiy qoʻmondon qabuliga kirishga harakat qilib, bunga erisha olmagani uchun aslida nima boʻlgani yuzaga chiqmay qoladi.

Samarqand harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur ish toʻliq oʻrganib chiqildi. Tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi, nima uchun nosozlik yuzaga kelganida nizomga amal qilinmagani, guvohlarning koʻrsatmalari va boshqa barcha holatlar tahlil qilindi.

Nihoyat, sud muhokamasida har ikki harbiy xizmatchi xizmat faoliyati davomida harbiy qismga tegishli boʻlgan avtomashinaning texnik nosozligini bartaraf etish maqsadida shunday yoʻl tutishgani, chindan ham oʻsha kuni avtomashina texnik nosoz holatda boʻlgani oʻz tasdigʻini topdi. Maʼlum boʻlishicha, yuqoridagi harbiy xizmatchilar shu voqea roʻy bergan kungacha biror marta intizomiy jazo ham olmagani, harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan ijobiy tavsiflangani ham eʼtiborga olindi.

Sud harbiy xizmatchilar B.B. va A.A.ning xizmatga qayta tiklash toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Harbiy prokuratura qoʻmondon buyrugʻini bekor qildirdi