Internetda Toshkent shahrining Qoratosh va Furqat koʻchalari kesishmasida prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulxonasi ochilishi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.
Iddao etilishicha, navbatga yozilgan ilk fuqarolar bilan prezident Mirziyoyev shaxsan uchrashadi va ularning murojaatlarini tinglaydi.
Kun.uzʻning hukumatdagi manbasi bildirishicha, bu haqdagi xabarlar yolgʻondir. Toshkent shahrida prezidentning shaxsan oʻzi fuqarolar bilan uchrashadigan hech qanday qabulxona ochilmaydi.
Shuningdek, onlayn-translyatsiya koʻrinishidagi qabullarni tashkillashtirish ham rejada yoʻq.
Manba bu kabi asossiz xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Maʼlumki, prezident virtual qabulxonasi Rossiya, Qirgʻiziston, Belarus, Ukraina va boshqa koʻplab davlatlarda bor. Biroq, hech bir mamlakatda prezidentning shaxsan oʻzi qabulxonada oʻtirishi kuzatilmaydi. Qabulxonalarda ishlovchi shaxslar davlat rahbarining vakili sanaladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. 2017 yil esa Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb eʼlon qilingandi.
2019 yil 17 yanvarda Oʻzbekiston prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan 2019 yil 1 fevraldan boshlab Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishini, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilindi.
Prezident farmoni bilan Xalq qabulxonalariga bir qator qoʻshimcha vazifalar ham yuklatildi. Xususan, endi Prezident Xalq qabulxonalari sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni oʻrganish orqali ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va hal qilish borasidagi faoliyatini doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi