Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy tarzda texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan majburiy texnik koʻrikka taqdim etilmagan avtomototransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
a) oxirgi 3 yil davomida majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan avtomototransport vositalarining yalpi xatlovdan oʻtkazilishini uch oy muddatda taʼminlaydi;
b) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining yagona elektron bazasini 2019 yil 1 iyunga qadar shakllantiradi;
belgilangan muddatda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan avtomototransport vositalarini boshqarganlik holatlarini “Maʼmuriy amaliyot" kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmini 2019 yil 1 iyulga qadar amaliyotga joriy qiladi;
Nizomga koʻra, u yuridik shaxslarning foydalanishga yaroqsiz, utilizatsiyaga topshiriladigan yoki realizatsiya qilish maqsadida qismlarga boʻlinadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish uchun tatbiq etilmaydi.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan avtomototransport vositalariga tatbiq etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi