O‘zbekiston 2015 yilda ish haqining o‘rtacha o‘sishi 22 foizdan kam bo‘lmaydi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov yangi – 2015 yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigida yangi yilda aholi real daromadlari 10 foizga ko‘payishini ma’lum qildi. Prezidentning bayram tabrigi matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan, deb xabar bermoqda kun.uz.
“Yangi – 2015 yilda mamlakatimiz davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilganini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Ya’ni, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarini, muxtasar aytganda, inson omilini yanada yuksaltirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi”, – deydi Islom Karimov.
O‘zbekiston Prezidentining ma’lum qilishicha, 2015 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorining o‘rtacha o‘sishi 22 foizdan kam bo‘lmaydi, aholining real daromadlari esa 10 foizga ko‘payishi belgilangan.
2015 yildan kichik biznes va fermer xo‘jaliklari uchun yangi yilda yagona sosial to‘lovlar stavkasi 25 foizdan 15 foizga tushiriladi, bu esa 440 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ ularning ixtiyorida qolishini ta’minlaydi. Shuningdek, 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning bir minimal oylik hajmidagi maoshidan soliq olinmaydi.
“Barcha ishchilarga tegishli bo‘lgan bu yangilik avvalambor boshqalarga nisbatan oyligi eng kam bo‘lgan fuqarolarga ko‘proq naf berishini alohida qayd etish lozim”, – deydi O‘zbekiston Prezidenti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing