3 462
Koreya Respublikasi Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi sanasi ma’lum qilindi
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2019 yilning 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Prezident matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishadi.
Tashrif dasturida Prezident Mun Chje Inning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida nutq so‘zlashi, davlat rahbarlarining ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari biznes-forumida hamda Toshkent shahrida Koreya madaniyati va san’ati uyining ochilish marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Samarqand shahriga tashrif rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilinishi, salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plami, shuningdek, savdo shartnomalari va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi