O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yili Shveysariyaning Davos shahrida tashkil etiladigan va shu nom bilan ataladigan xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etish uchun taklif etilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligining Davlat suveren, korporativ qarz majburiyatlari va davlat qarzi boshqarmasi boshlig‘i Temurmalik Narziqulovga tayanib Kun.uz nashri ma’lum qildi.
«Diqqatga sazovor Xalqaro iqtisodiy forum tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Davos forumida ishtirok etish uchun Shavkat Mirziyoyev nomiga taklifnoma kelib tushgan. Bu O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsion muhitini jahonga tanitish uchun yaxshi imkoniyat. Ayni paytda esa davlat rahbarining ishtiroki borasida yakuniy javob berilmagan. O‘ylaymanki, ushbu imkoniyatdan oqilona foydalanamiz», — deydi u.
Ma’lumot uchun, xalqaro anjuman 1971 yilda tashkil etilgan Xalqaro iqtisodiy forum nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan, 1988 yili imzolangan Davos deklaratsiyasidan so‘ng, muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Unda siyosatchi, davlat arboblari, iqtisodchi va turli sohalarning yetuk mutaxassislari global siyosatga oid mavzularda muhokamalarda ishtirok etadi. So‘nggi marta forum ishtirokchilari to‘rtinchi sanoat inqilobi mavzusida suhbatlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi