O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Je In Samarqand shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif dasturiga muvofiq koreyalik prezident Samarqanddagi bir qator tarixiy obidalar va qadamjolarni ziyorat qilishi ko‘zda tutilgan.
«Men O‘zbekistonga kelayotganimda 1400 yil oldingi bir kunni yodga oldim. U qadimiy koreys davlati elchilari Samarqandga kelgan kundir. Otga yoki tuyaga minib dam olmasdan mashaqqat chekib kelishlariga ikki oycha vaqt ketgandir? Baland tog‘ tizmalari, adirlar va cho‘llardan o‘tib, qor va yomg‘irda qolib, ba’zida jazirama va sovuq bilan kurashib uzoq vaqt sarflagan bo‘lsalar kerak. Bugun siz azizlar kabi 1400 yil oldin O‘zbekistonning qadimiy ahli ham uzoqdan kelgan mehmonlarni iliq kutib olgan. Mustahkam do‘stlik va ishonch Afrosiyobning g‘arbiy devoridagi sur’atda o‘z aksini topgan. Garchi, Koreya va O‘zbekiston bir biridan uzoqda bo‘lsa ham qadimiy koreys davlati davridan boshlab elchilari kelib ketadigan do‘st davlatlar bo‘lgan», deya Mun Je Inning so‘zlarini keltirmoqda Samarqand viloyati hokimining telegramdagi kanali. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi