11:12 / 29.04.2019
4 050

Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatiga boradi

Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatiga boradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, yangi loyihalarni belgilash maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi.

Kun.uz nashri ma’lumot berishicha, tashrif bugun, 29 aprel kuni amalga oshirilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning yozidan buyon Surxondaryo viloyatiga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Po‘latov 1 aprel kuni bosh vazir rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan keyin lavozimdan ozod etildi. Uning o‘rniga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim sifatida tayinlangan.

Tashrif davomida viloyatning doimiy rahbari lavozimga tayinlanishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti respublika hududlari bo‘ylab tashriflarining navbatdagi bosqichini 2018 yilning 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurish bilan boshlagandi. Prezident o‘tgan yilning 29-30 noyabr kunlarida Xorazm viloyatida ham bo‘lgandi. 13-14 dekabr kunlarida esa Qashqadaryo viloyatiga tashrif amalga oshirildi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yil boshidan buyon Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Namangan, Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham bo‘ldi.
Prezident 24-27 aprel kunlari Xitoydagi «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumida ishtirok etib qaytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatiga boradi