07:15 / 01.05.2019
5 347

Pensiya va nafaqalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Pensiya va nafaqalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi
“Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

- Qaror loyihasiga “farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;
- “Pensiya va nafaqa tayinlanganligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;
- “Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa tayinlash yuzasidan murojaatlar bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;
- “Pensiya va nafaqa miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;
- “Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun beriladigan nafaqa pulini tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” ilova qilingan.

Hujjat loyihasida 2019 yilning 1 avgustiga qadar ma’muriy reglamentlar bo‘yicha davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi qayd etilgan.

Pensiyalar tayinlanganligi holati va ularning to‘lovi miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi.

Shuningdek, qaror loyihasida bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqalar tayinlash yuzasidan murojaatlar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilishini ta’minlash maqsadida Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ma’lumotlar bazasini “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi ta’minlash qayd etilgan.

Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi va nafaqa puli AT “Xalq banki”ning tegishli filiallari tomonidan to‘lanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Pensiya va nafaqalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi