3 039
XVJ direktori: "Men bu binolarni ko‘rish, devorlarni ushlab ko‘rishni orzu qilardim"
O‘zbekistonda bo‘lib turgan Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 18 may kuni Samarqandga keldi deb yozadi Zarnews.uz.
Mehmonlar shahar bilan tanishuvni Amir Temur maqbarasidan boshladi. Sohibqironning davlatchilik siyosati, ilm-fan, madaniyat rivojidagi xizmatlari va ulkan bunyodkorlik ishlari haqidagi ma’lumotlar Kristin Lagard xonimda qiziqish uyg‘otdi. Bu hayrat va havas Registon maydoni, Bibixonim masjidiga tashrif chog‘ida yana ham oshdi.
— Samarqand juda go‘zal va obod shahar ekan, — deydi Kristin Lagard. — U Buyuk Ipak yo‘lining yirik savdo markazlaridan biri bo‘lganligi haqida eshitgandim. Bu yerdagi bir necha asrlik tarixiy obidalar o‘zbek xalqi qurilish, arxitektura bo‘yicha ulkan tajriba va salohiyatga egaligidan dalolat beradi. Men bu binolarni ko‘rish, ularning devorlarni ushlab ko‘rishni orzu qilardim. Bu orzularim ushalganidan xursandman. Samarqand haqiqatdan ham insoniyatning bebaho boyligidir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi